Toshkentda “Lasetti” daraxtga urilib, yonib ketdi

20:54 24 Iyul 2020 Jamiyat
399 0

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 18:50 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Nukus koʻchasida haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan S.M. «Lasetti» rusumli transport vositasida A.Qodiriy koʻchasidan A.Temur koʻchasiga tezlikni meʼyoridan oshirgan holda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratuvchi boʻlagidan qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketib daraxtga urilgan va transport vositasida yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yongʻin natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?