Toshkentda “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan velotur o‘tkazildi

18:22 14 May 2018 Sport
1522 0
Foto: Hakim Yo‘ldoshev

Toshkentda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, shuningdek, BMTning aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi hamkorligida havaskor xotin-qizlar o‘rtasida velotur musobaqasi o‘tkazildi.

Foto: Hakim Yo‘ldoshev

“15 may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog‘lom oila — jamiyat boyligi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada ming nafar poytaxtimizdagi havaskor velosportchilar ishtirok etdi.
Xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish, shu yo‘l bilan ular salomatligini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 18–30, 31–44 hamda 45 yosh toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Foto: Hakim Yo‘ldoshev

Mavjuda XOLMATOVA.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?