Toshkentda YPX inspektorlari yangicha formani sinovdan oʻtkazmoqda

10:22 18 Mart 2019 Jamiyat
176 0

Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining yangi formada yurgani aks etgan suratlar tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bu masalaga oydinlik kiritdi.

“YHXB yoʻl-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni oʻtamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB xabarida.

Shuningdek, fuqarolar fikrini inobatga olish ham koʻzda tutilgan boʻlib, boshqarma aholiga ”Yoʻllardagi huquq-tartibot xodimlari shunday koʻrinishda boʻlishini istaysizmi?” degan savol bilan murojaat etgan.

Foto: IIBB

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?