Toshkentda yirik qandolatchilik korxonasi ish boshlaydi

11:16 09 Avgust 2018 Jamiyat
660 0

Bu yil poytaxtimizda quvvati 47 ming tonnalik yirik qandolatchilik fabrikasi foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Investitsion takliflarni muhokama qilish yagona platformasining navbatdagi majlisida “O‘zbekoziqovqatxolding“ holding kompaniyasi raisi o‘rinbosari A. Salimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Said Rahmonov.

Uning aytishicha, qandolatchilik tarmog‘ida ko‘plab kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, hali yirik quvvatlar tashkil etilmagan. Poytaxtimizda ish boshlaydigan yangi korxona ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, ayniqsa, xorijdan kirib keladigan shokoladlar hajmini kamaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Majlisda kompaniya tomonidan mahalliy va xorijiy investorlar e’tiboriga hududlarda logistika markazlari, go‘sht-sutni qayta ishlash korxonalari barpo etish bo‘yicha istiqboli takliflar havola etildi.

Tadbirda, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsharobsanoat“ AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira“ uyushmasining investitsiyaviy salohiyati, istiqbolli loyihalari taqdim etilib, ochiq-oshkora muhokama qilinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?