Toshkentda yirik xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

18:42 02 May 2018 Siyosat
835 0
Foto: osce.usmission.gov

O‘zbekistonda iyun oyida YeXHT tashkiloti shafeligida zo‘ravonlik ekstremizmi va radikallashuvning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etiladi. 
Bu haqda YeXHTning Toshkentdagi vakolatxonasi xabar berdi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan mazkur anjumanda xorij davlatlari, xususan, Markaziy Osiyoning besh mamlakatidan qariyb 150 nafar ekspert va mutaxassislar ishtirok etishi kutilayapti.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?