Toshkentda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlami uchun alohida mikrotuman barpo etilayapti

14:51 16 Iyul 2018 Jamiyat
438 1
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bugun Toshkent shahri Sergeli tumanida yangi mikrotuman qurilishi boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi mikrotuman Sergelidagi Choshtepa mahallasida barpo etiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, bu yerdagi turarjoy kompleksi ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj kam ta’minlangan oilalar va imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallanadi.

Onlayn nashrimizda poytaxtimizda turar joy binolarini qurishni rejalashtirgan tadbirkorlarga loyihalari tasdiqdan o‘tgach, Toshkent shahar hokimiyati Davlat sherikchiligi asosida yer uchastkalari ajratishi haqida xabar bergandik. Bunda davlat sherikchiligining ahamiyati shundaki, turar joy binolarining qurilishi tugatilgach, davlatga ularni sotishdan tushgan daromaddan foiz to‘lanmaydi, balki umumiy xonadonlarning 10-15 foizi hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi va ushbu xonadonlar chin yetim, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etiladi.


Izohlar


Nodir Temirov

sodda.yigit@gmail.com:

Сафсата, буниям 85% қисмини точный соққа қиворишади, отвечаю

16:2016.07.2018