Toshkentda iyul oyida koʻp qavatli uylarning narxi 2 foiz qimmatlashdi

17:59 24 Avgust 2018 Jamiyat
235 0

Toshkent shahrida iyul oyida avvalgi oydagiga nisbatan koʻp qavatli uylarning narxi ikkilamchi bozorda ikki foiz qimmatlashgan. Bu haqida Credo Max Estimation baholash kompaniyasi maʻlumotiga asoslanib Gazeta.uz xabar bermoqda.

Unga koʻra, kvadrat metr uchun qiymat 620 sh. b. ga oshgan. Vaholanki, iyun oyida bu koʻrsatkich 610 sh.b. edi. Iyul yakunlariga koʻra, gʻishtli va panel tipidagi kvartiralarning narxi mos ravishda 2 va 1 foiz oshib, 658 va 593 sh. b. koʻrinishida boʻldi.

Xonalar soniga nisbatan qiymat quyidagicha boʻldi: bir xonali kvartiralar — 623 sh. b. (+1 foiz), ikki xonali — 609 (+2 foiz), uch xonali — 622 (+2 foiz), toʻrt va undan ortiq xonali — 632 (oʻzgarishsiz).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?