Toshkentda ilk marta “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob-koʻrgazma yarmarkasi oʻtkaziladi

12:20 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
69 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob koʻrgazmasini tashkil etmoqda.

Koʻrgazma joriy yilning 2-4-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtadi.

Xalqaro kitob koʻrgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va oʻzbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega boʻladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va koʻplab aksiya hamda kitob tanlovlari oʻtkaziladi.
Xalqaro kitob koʻrgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari oʻrtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon boʻladi.
“Tashkent Book Fest” — mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin voqea.

Barcha kitobsevarlarni Toshkent xalqaro kitob koʻrgazmasi yarmarkasiga taklif qilamiz.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?