Toshkentda ilk bor 10 metrlik kabob festivali oʻtkaziladi 

17:11 15 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
499 0

Joriy yil 18-oktyabr kuni soat 11:00dan 15:00ga qadar poytaxtimizning “Navroʻz” istirohat bogʻida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 10 metrlik kabob festivali oʻtkaziladi. 

«Festivalda sizlarni milliy taomlar, musiqiy chiqishlar va yulduzli mehmonlar kutmoqda! Tadbir boshlovchilari: Dilshod Mirzamatov va Shukurullo Isroilov. Tomoshabinlar oshpazlar mahoratini maxsus tayyorlangan maydonda tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Soat 12: 00da esa oshpazlar kabobni tayyorlab, uning 10 metrlik rekord uzunligi oʻlchash uchun panjara ustiga qoʻyishadi. Shuningdek, festivalda hunarmandlar, rassomlar, asal koʻrgazmasi va boshqa koʻplab qiziqarli dasturlar boʻlib oʻtadi» deyiladi qoʻmitaning xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?