Toshkentda harbiy xizmatchilar salomatlik aksiyasida qatnashdi (foto+video)

10:35 13 May 2019 Jamiyat
139 0

12 may kuni ertalab soat 8.00da Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Sogʻ tanda — sogʻlom aql” shiori ostida ommaviy yurishi boʻlib oʻtdi.

Salomatlik aksiyasida mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari faol qatnashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “YEKO” bozori oldidan “Feruza” massivi boʻylab oʻtkazildi.

Yurish aksiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamkorlik qildi.

“Finish” chizigʻida ommaviy tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?