Toshkentda futbol boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqa oʻtkaziladi

16:46 07 Noyabr 2018 Sport
681 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning 23 noyabr 1 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqa “CAFA Womenʼs Championship 2018“ga mezbonlik qiladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga koʻra, mazkur musobaqada Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Eron va Oʻzbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha uchrashuvlar “Milliy“ stadionda oʻtkaziladi. 

Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlikni18 noyabrdan boshlab “Chigʻatoy“ sport bazasida boshlaydi.

Musobaqa reglamentiga koʻra, terma jamoalar oʻzaro bir-birlari bilan bitta davra koʻrinishida oʻyin oʻtkazishadi. Eng koʻp ochko toʻplagan jamoa gʻoliblikka erishadi.

Oldinroq Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda 15 va 16 yoshli futbolchilar oʻrtasida ikkita musobaqa oʻtkazilgan va ular Osiyo futbol Konfederatsiyasi tomonidan yuqori saviyada uyushtirilgani eʼtirof etilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?