Toshkentda fohishalikda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi

11:57 15 Fevral 2019 Jamiyat
1642 0

Foto: IIBB

14 fevralga oʻtar kechasi Toshkentda oʻtkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shugʻullanishda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan 11 nafari Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi Qatortol koʻchasi “Shuhrat” chorrahasida va Al-Xorazmiy koʻchasida, 9 nafari Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Amir Temur koʻchalari kesishmasida, 8 nafari Bektemirdagi “Qoʻyliq” bozori yaqinida, 6 nafari Yunusoboddagi Amir Temur koʻchasida qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, ulardan 24 nafari oldinroq Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 190-moddasiga (“Fohishalik bilan shugʻullanish”) asosan jazoga tortilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?