Toshkentda eng katta muammo nima ekanligi aytib oʻtildi

19:33 16 Fevral 2019 Jamiyat
440 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Davron Hidoyatovning “Bugun bunyodkorlik - ertaga tarix” mavzuidagi matbuot anjumanida bildirishicha, Toshkent shahridagi eng katta muammo aholini uy-joy bilan taʼminlashdan iborat. Ayni paytda bu ehtiyoj qariyb 150 mingta oilani tashkil qilmoqda.

“Oʻtgan yili 800 ming kvadrat kilometrlik turarjoylar foydalanishga topshirilishi natijasida 11,5 ming oilaning uy-joyga ehtiyoji taʼminlandi. Yildan-yilga bu koʻrsatkich oshib boradi. Muammoni birdaniga hal qilish qiyin, ammo eng muhimi, uning yechimini topish ustida ish qilinayotganidir”, deb aytib oʻtdi Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Davron Hidoyatov.

Matbuot anjumani davom etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?