Toshkentda dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkaziladi.

13:02 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
137 0

2020-yil 4-5-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koʻmagida “Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olish yoʻllari (olinadigan saboqlar kontekstida)” mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya oʻtkaziladi

Bugungi kunda dunyo boʻylab keng tarqalgan “COVID-19” pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni hisobga olgan holda, tadbir videokonferensaloqa orqali onlayn tarzda, virtual munozara koʻrinishida tashkil qilinadi.

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:

  • zamonaviy harbiy nizolarni yangi shakliy oʻzgarishlarini oʻrganish hamda transmilliy tahdidlarga qarshi kurashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, qurolli kuchlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tajriba almashish;
  • harbiy toʻqnashuvlar va noanʼanaviy tahdidlarga qarshi kurash boʻyicha milliy va xalqaro tajribani umumlashtirish;
  • xorijiy oliy taʼlim markazlari va tadqiqot markazlari bilan oʻzaro tajriba almashishni kengaytirish.

Onlayn-konferensiyada xorijiy mutaxassislar, shu jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasi, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti, Jorj Marshall nomidagi Xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha Yevropa markazi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy mudofaa universiteti qoshidagi AQSH Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar Markazi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi, Polsha, Hindiston, Italiya, Xitoy Xalq Respublikalari, Koreya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya materiallari va tavsiyalari, Qurolli Kuchlar islohotlari ijobiy tajribalari, zamonaviy harbiy nizolarda harbiy sanʼat rivojining yangi tendensiyalari, taʼlimning innovatsion yondashuvlarini oʻrganishga, umuman harbiy xizmatchilarning bilimi va dunyoqarashini yana-da kengayishiga xizmat qiladi.

Azizjon Toirov,
Oʻzbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlari Akademiyasi 
Ilmiy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi,
polkovnik

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?