Toshkentda dolzarb mavzuda xalqaro konferensiya boshlandi (Fotoreportaj)

10:30 20 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
918 0
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Unda 37 mamlakatdan 300 dan ortiq vakil, shuningdek, Jahon banki, OTB, ITB, YETTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YEXHT, GXHJ, SHHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASЕKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yoʻllar hamkorligi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu konferensiya mintaqa mamlakatlarini qiziqtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Konferensiya doirasida xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshma saʼy-harakatlarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilinishi kutilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?