Toshkent shahridagi bozorlarning dezinfeksiya uchun yopiladigan kunlari maʼlum qilindi

08:42 30 Iyun 2020 Jamiyat
305 0

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, pandemiya sharoitida aholi va hududlar xavfsizligini taʼminlash, profilaktik tadbirlarning oʻz vaqtida hamda talab darajasida bajarilishiga erishish maqsadida har haftada bir marta bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari oʻtkaziladi. Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi bozorlarning dezinfeksiya tadbirlari uchun qaysi kunlari yopilishini maʼlum qildi.

Hokimlik tomonidan taqdim etilgan jadvalga koʻra, bozorlarning dezinfeksiya uchun yopilishi har haftada quyidagi kunlarda va tartibda amalga oshiriladi.

Dushanba kuni

“Aviasozlar dehqon bozori”;

“Chilonzor dehqon bozori”;

“Eski Joʻva dehqon bozori”;

“Yunusobod dehqon bozori”,

“Bek toʻpi savdo kompleksi”;

“Parkent universal savdo kompleksi”;

“Chilonzor buyum savdo kompleksi”;

“Chorsu buyum savdo kompleksi”;

“Yangiobod ixtisoslashgan bozori”;

“Sergeli avtomobil bozori”.

Seshanba kuni

“Mirobod dehqon bozori”;

“Sergeli dehqon bozori”;

“Farhod dehqon bozori”;

“Qoʻyliq dehqon bozori”.

Chorshanba kuni

“Askiya dehqon bozori”;

“Navroʻz dehqon bozori”;

“Qoraqamish dehqon bozori”.

Juma kuni

“Oʻrikzor savdo kompleksi”

Yakshanba kuni

«Oloy dehqon bozori»

“Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” soat 12:00 dan 20:00 gacha

Mazkur kunlar tozalik kunlari hisoblanib, bozorlar va savdo komplekslari toʻliq yopiladi va sanitariya-epidemiologik tadbirlar, shu jumladan kuchaytirilgan tarzda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?