Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi

12:19 20 Iyun 2020 Jamiyat
305 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan shugʻullangani aniqlandi.

U 2019–2020-yillarda internet tarmogʻidagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar koʻrinishidagi mablagʻlarni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini oʻtkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shugʻullanganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?