Toshkentda birinchi vino festivali tashkil etildi

11:17 21 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
781 0

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi Online“/Said Rahmonov. Ayni paytda “Oʻzekspomarkaz“ majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Vino sanʼati“ vinolar festivalining ochilishi boʻlib oʻtmoqda.

Mamlakatimizning uzumchilik va vinochilik sohalaridagi yutuqlar namoyish etilayotgan mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad sanoatning vinochilik tarmogʻini rivojlantirish, oʻzbek mahsulotlarini ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdir.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Festival birinchi bor oʻtkazilayotgan boʻlsa-da, unga xorijliklarda ham katta qiziqish uygʻotdi. Unda Bolgariya, Vengriya, Italiya, Gruziya,Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlardan soha mutaxassislari ishtirok etayotgani shundan dalolat beradi. Festivalda nafaqat oʻzbek vinolari namoyish etiladi, balki jahonga mashhur ishlab chiqaruvchilardan mahorat darslari, vinolar tanlovi va boshqa koʻplab tadbirlar ham oʻtkaziladi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?