Toshkentda bir haftada salkam 10 ming marta tezlik oshirilish holatlari aniqlangan

17:45 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
87 0

7 sentyabr kunidan 13 sentyabr kunigacha boʻlgan muddat ichida mobil (koʻchma) radarlar tomonidan shahar koʻchalarida 9870 ta tezlik oshirilganligi faktlari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.

“Masalan, 7 sentyabr kunining oʻzidayoq 523, 12 sentyabr kuni esa 520 marta tezlik oshirilganligi holatlari qayd etildi. 13 sentyabr kuni esa radarlar 690 marta tezlik oshirilganligi faktlarini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.

Toshkent shahar IIBB YHXBning Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisidagi va shahar koʻchalarida tezlik oshganlik holatlarini qayd etadigan qurilmalar borligi haqidagi ogohlantirishlarga qaramasdan, baʼzi haydovchilar aynan katta tezlikda harakatlanish yoʻl-transport hodisalariga olib kelishini unutadi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?