Toshkentda bir hafta davomida salkam 19 ming marta yoʻl qoidasi buzildi, 51 nafar mast holdagi haydovchi ushlandi

14:43 06 May 2019 Jamiyat
442 0

29 apreldan 5 mayga qadar Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan 18 915ta yoʻl harakati qoidalarining buzilish holati qayd qilindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, ulardan 3 638 tasi qoʻpol qoida buzilishlaridir.

Mazkur muddat davomida 51 nafar haydovchi mast holda avtomobilni boshqarib borayotganda toʻxtatib qolindi. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ularning toʻliq roʻyxati va ismlari rasmiy saytida eʼlon qilgan.

Bundan tashqari 190ta holatda svetoforning taqiqlangan belgisi vaqtida harakatlanish holati qayd qilingan, zarur hujjatlarsiz avtmobil boshqarish boʻyicha 259ta, quvib oʻtish qoidalariga zid harakatlanish qoidalari 1087ta, IIBB YHXB xodimlarining talablariga boʻysunmaslik holati boʻyicha 22ta, boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish boʻyicha 148ta, tegishli ruxsatnomasiz avtomobillarini “tonirovka“ qilib olish boʻyicha 145 ta, qalbaki, oʻzgartirilgan yoki boshqa davlat raqamlarini oʻrnatib olgan holda avtomobilni boshqarish boʻyicha 5ta, trotuar va piyodalar yoʻlakchasida harakatlanish boʻyicha 217ta, yoritish uskunalarini oʻrnatishdagi qoida buzilishi boʻyicha 25ta, mayda toʻqnashuvlar (YTH) 556ta holatda aniqlangan.

Mazkur holatlarning barchasi tegishli tartibda rasmiylashtirilib, bayonnomalar tuzilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?