Toshkentda bedarak yoʻqolgan 26 yoshli qiz qidirilmoqda

13:10 08 Avgust 2020 Jamiyat
5035 0

Olmazor tumani, “Shifokor” mahallasi, 8-uy, 59-xonadonda yashagan, 1994-yilda tugʻilgan Iskandarova Mehribonu Tuxtasin qizi, 2020-yilning 6-avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oxirgi maʼlumotga koʻra, u Chilonzor tumani “S” mavzesidagi kosmetologiya salonida boʻlgan. Qiz soat 10.30 da salondan chiqib, yoʻl tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan.

Belgilari: boʻyi 160 sm, koʻzi qora, sochi uzun va toʻq jigarrang rangli.

Egnidagi kiyimi: havorang rangli koʻylak va jinsi shim, qaymoq rangli mokasima.

“Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlar! Agar Siz Mehribonu Iskandarovani koʻrgan boʻlsangiz, yoki uning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz: 71-278-58-40 (Chilonzor tuman IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani IIO FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?