Toshkentda barpo etiladigan birinchi okeanarium haqida baʼzi maʼlumotlar ochiqlandi

14:50 10 Fevral 2020 Madaniyat
275 0

Arxiv surat

Toshkentdagi birinchi okeanariumni yaratish ustida ish olib borayotgan “Polin Group” kompaniyasi loyihaning baʼzi tafsilotlarini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, Toshkentdagi okeanarium shaharning eng yaxshi joylaridan biriga aylanadi.

“Okeanariumning umumiy maydoni 4300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu yerda 3 mingdan ortiq baliqlarni koʻrish mumkin boʻladi. Okeanariumga bir kunda 1,5 ming tomoshabin tashrif buyurishi mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Aytish kerakki, okeanarium mamlakatning milliy bogʻida quriladi. Loyiha zamonaviy madaniyat va dam olish majmuasini yaratish doirasida amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?