Toshkentda agrar sohaga oid Oʻzbekiston-Xitoy konferensiyasi boʻlib oʻtadi

13:39 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
43 0

2019-yil 9-12-sentyabr kunlari Xalq vakillari umumxitoy majlisi Qishloq xoʻjaligi va qishloqlarda ishlash boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Li Chunshen boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasida tashrif bilan boʻlib turadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Senati axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida 10-sentyabr kuni Toshkentda “Qishloq xoʻjaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllash imkoniyati” mavzusida Oʻzbekiston-Xitoy konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Tadbir Xitoyning ochiqlik islohotlari siyosati 40 yilligiga va Oʻzbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bagʻishlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?