Toshkentda 8-mart kuni bir ayolga tegishli BMW X5 va Mercedes GLC yonib ketdi (video)

09:46 09 Mart 2020 Jamiyat
635 0

Toshkent shahrida 8-mart kuni tongda ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda Daryo.uz nashri maʼlum qildi.

Yong‘in nima sababda kelib chiqqani noma’lum, hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho avtomobillar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zararlanganini ko‘rish mumkin.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala mashina bir ayolga tegishli bo‘lgan.

Foto: Telegram / @shopirlar

Foto: Telegram / @shopirlar

Foto: Telegram / @shopirlar

Foto: Telegram / @shopirlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?