Toshkentda 540 nafar harbiy xizmatchiga yangi xonadonlarning kalitlari topshirildi (Foto)

18:07 07 May 2018 Jamiyat
1916 0

 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

9 may – Xotira va Qadrlash kuni bayrami arafasida 540 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolariga yangi uylarning kalitlari tantanali tarzda topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu 540 xonadondan iborat ko‘p qavatli turar joy binosi poytaxtning Yashnobod tumani «Olmos» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasi masalalariga yuksak e’tibor berilayotganini ta’kidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot sifatida aytib o‘tamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uy-joy qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida 2017 yilda 56 ta ko‘p qavatli uy-joy qurildi. 2018 yilda esa ana shunday uylarning yana 100 tasi quriladi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?