Toshkentda 12 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgardi

16:28 02 Dekabr 2019 Jamiyat
62 0

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida yer osti oʻtish yoʻli barpo etilmoqda. Shu munosabati bilan qurilish davom etayotgan hududdagi Ahmad Donish koʻchasining Yangi shahar koʻchasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yoʻli hamda Ahmad Donish koʻchasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota koʻchalari kesishmasi orasidagi yoʻllar 2019-yil 12-dekabrga qadar vaqtincha yopiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur hududlardan oʻtuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yoʻnalishlardagi avtobuslarning harakat yoʻli vaqtincha yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz boʻlgan yondosh koʻchalar orqali oʻtkaziladi.

Yoʻnalishlarning oʻzgartirilishi munosabati bilan harakat xavfsizligi va yoʻlovchilar tashish qoidalariga qatʼiy rioya etish yuzasidan haydovchi va chiptachilar oʻrtasida navbatdan tashqari yoʻriqnomalar oʻtkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?