Toshkentda 1-oktyabrdan 8 ta avtobusning harakat yoʻnalishi oʻzgaradi

08:26 21 Sentyabr 2020 Jamiyat
588 0

«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati Toshkent shahrida harakatlanuvchi 8 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritilgani haqida xabar berdi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yoʻlovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarining oʻzaro harakat yoʻnalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2020-yilning 1-oktyabr sanasidan 9, 52, 53, 65, 71, 109, 149, 188-avtobus yoʻnalishlari maqbullashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?