Toshkentda 1 mlrd soʻmdan qimmatroq uy sifatsizligi sabab pul egasiga qaytarildi

17:31 12 Iyul 2019 Iqtisodiyot
472 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga 13-may kuni fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.

Federatsiyaning “Xalq soʻzi“ga maʼlum qilishicha, arizaga yangi sotib olingan uy sabab boʻlgan.

Akramov 2016-yil 8-iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan uyni 1 mlrd 32 mln (1 032 000 000) soʻmga sotib oladi.

Ammo oradan koʻp oʻtmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga isitish tizimida ham muammolar paydo boʻladi.

Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bogʻlanishga harakat qiladi ammo qoʻngʻiroqlari javobsiz qoladi.

Shundan soʻng, ancha sarson boʻlgan Akramov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qiladi.

Federatsiya mutaxassislari vaziyatni oʻrganib chiqishadi va isteʼmolchi haq ekanligi, uyda maʼlum muammolar mavjudligi isbotini topadi.

Natijada, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan isteʼmolchiga uy uchun toʻlagan puli 1 032 000 000 soʻm toʻliq qaytarib olib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?