Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion so‘m mablag‘ qoldiriladi”

17:49 10 Avgust 2018 Siyosat
759 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan yetarli mablag‘ ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash bo‘yicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda.

Masalan, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘p soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion so‘mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

“Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion so‘mni shaharning o‘zida qoldiryapmiz? To‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bog‘chalar qurish, ish o‘rinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham o‘zini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi” dedi Prezidentimiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?