Toshkent yoz oylarida sayyohlar orasida eng ommalashgan MDH shaharlari o‘nligiga kirdi

17:51 25 Iyul 2018 Welcome to uzbekistan
640 0
Foto: nuz.uz

Toshkent yoz oylarida sayyohlar orasida eng ommalashgan MDH shaharlari o‘nligiga kirdi. Bu haqda Rossiyaning sayyohlik statistikasi tahliliy portali ma’lum qilgan.

Reyting joriy yil yozidagi sayyohlik safarlarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzildi.

Sayyohlar MDH shaharlariga o‘rtacha ikki kunga kelishi va shundan so‘ng kurortlarda dam olishi ma’lum bo‘ldi. Ular safar davomida yotoq va ovqatlanish uchun sutkasiga o‘rtacha 50-100 dollar sarflagan.

MDHga arzon sayohatlar bo‘yicha Kishinyov va Bishkek, qisqa ta’tillar va shoping borasida esa Boku va Ostona yetakchilik qilmoqda.

2018 yil yozida sayyohlar orasida eng ommabop bo‘lgan MDH shaharlari
TOP-10:

Boku (Ozarbayjon);
Minsk (Belarus);
Olmaota (Qozog‘iston);
Yerevan (Armaniston);
Ostona (Qozog‘iston);
Bishkek (Qirg‘iziston);
Toshkent (O‘zbekiston);
Kishinyov (Moldova);
Dushanbe (Tojikiston);
Ashxabod (Turkmaniston).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?