Toshkent-Volgograd poyezdida jasad topilmagan, yoʻlovchi yurak xuruji bilan vafot etgan

12:10 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
58 0

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “joriy yilning 7-sentyabr kuni “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-oʻtkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yoʻlovchi topildi” degan xabarga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼmuriyati izoh beradi.

2019-yilning 7-sentyabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyat hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan, joriy yil 5-sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yoʻlga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yoʻlovchi oʻzini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-oʻtkazish punktiga yetib kelganda yoʻlovchining ahvoli ogʻirlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yoʻlovchilarning soʻzlariga qaraganda yoʻl davomida hech qanday zoʻravonlik, yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan. Chegara punktiga kelgan shifokorlarning maʼlumotiga koʻra A.G ning vafotiga uning yurak xuruji sabab boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?