Toshkent vokzalida xorijlik sayyohlar uchun “yashil yo‘lak“ joriy qilindi

12:32 02 Avgust 2018 Hujjatlar
234 0
Arxiv foto

Toshkent Markaziy vokzalida “yashil yo‘lak” joriy etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Endilikda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar vokzalda tashkil etilgan “yashil yo‘lak” orqali harakatlanish imkoniyatiga ega. Sayyoh mazkur yo‘lakdan o‘tganda, hujjatlarni rasmiylashtirish, bojxona ko‘rigidan o‘tish kabi jarayonlar tez va sifatli amalga oshiriladi.

“Bu ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, vaqtni tejash va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi“, deyiladi kompaniya xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?