Toshkent viloyatidagi koloniyada mahkum boshqa mahkumni 2000 dollarga chuv tushirdi

13:20 21 Noyabr 2019 Jamiyat
103 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo oʻtayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?