Toshkent viloyatida tadbirkorlarning 52,1 mlrd soʻmlik soliq qarzidan voz kechildi

10:33 07 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
148 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq idorasi xodimlari iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan tadbirkorlarga koʻmak berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, belgilangan soliq imtiyozlaridan unumli va maqsadli foydalanish, ular faoliyatida uchrayotgan muammolar oʻrganilib yordam choralari ishlab chiqilmoqda. Olib borilayotgan tushuntirish ishlari natijasida soliq qarziga ega 10197 nafar jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ish olib borish vazifa qilib olingan.

Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi tomonidan maʼlum qilinishicha, targʻibot va tashviqot ishlari natijasida, 344 nafar fuqarolarimiz tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklagani hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi bilan hozirgacha ulardagi 52,1 mlrd. soʻm soliq qarzi hisobdan chiqarildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?