Toshkent viloyatida salkam mingta saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda

11:52 22 Dekabr 2019 Siyosat
298 0

Toshkent viloyatidagi 958 ta saylov uchastkasida ertalab soat 8.00 da davlat madhiyasi yangradi. Barcha hamyurtlarimiz qatori, viloyatimiz aholisi ham oʻz fuqarolik burchlarini ado etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda munosib nomzodga ovoz berish uchun yashash manzillaridagi saylov uchastkalariga birin-ketin kirib kela boshlashdi.

Bu yilgi saylovlar Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan yangi Saylov kodeksi asosida mutlaqo yangicha ruhda oʻtmoqda. Jumladan, saylovlarda 5 ta partiya ishtirok etayotir. Siyosiy jarayonda ishtirok etish uchun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan. Islohotlarimizga hamohang xalqimiz faolligi ham sezilib turibdi.

Ovoz berish jarayonlari viloyatdagi 4ta saylov uchastkasida onlayn tarzida translyatsiya qilinmoqda. Bizni kuzatib boring.

Shodiyor Mutaharov, “Xalq soʻzi“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?