Toshkent viloyatida oʻzbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatildi

16:18 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
258 0

Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yoʻlovchi sayyohlarning koʻzlangan manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Viloyat turizmni rivojlantirish departamentidan maʼlum qilishlaricha, “Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorvoq“, “Bektemir – Yuqori Chirchiq – Gʻazalkent – Chorvoq“, “Chorvoq“ erkin turistik zonasi va viloyatning turistlar oqimi yuqori boʻlgan yoʻllari boʻylab oʻzbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Boʻstonliq tumanida 10 yoʻnalish boʻylab 62 turistik maskan joylashgan boʻlib, mazkur turistik obyektlarga olib boruvchi 370 kilometr masofadagi yoʻllar boʻylab ham yoʻl belgilarini oʻrnatish ishlari yakunlangan.

Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yoʻlovchi sayyohlarning koʻzlangan manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?