Toshkent viloyatida maktablar qurilishi uchun 200, sogʻliqni saqlash va yoʻllar qurilishi uchun 100 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratiladi

11:23 03 Iyun 2019 Jamiyat
200 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati faollari ishtirokidagi yigʻilish davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Prezident Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini chuqur tahlil qilib, mamlakatimizning boshqa hududlarida hamda jahon miqyosida kechayotgan voqeliklar bilan qiyosan soʻz yuritdi.

Viloyatda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, unumdor, suvli ekin maydonlaridan toʻgʻri foydalanish masalalari tanqidiy tahlil qilingan.

Prezident Toshkent viloyatiga maktablar qurilishi uchun 200 milliard soʻm, sogʻliqni saqlash tizimi uchun 100 milliard soʻm, yoʻllar qurilishi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini, bugunning oʻzida 170 milliard soʻm mablagʻ oʻtkazilishi va ishlar bugundan boshlanishini maʼlum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?