Toshkent viloyatida kommunal xizmatlar sifati qanday?

17:16 03 May 2019 Jamiyat
174 0

Bu boʻyicha Senat Raisi oʻz chiqishida misollar keltirdi.

“Masalan, dedi u. Viloyat aholisining 60 foizi chiqindilarni tozalash va ularni olib chiqish boʻyicha xizmatlardan bebahra qolmoqda.

Viloyatdagi ichki avtomobil yoʻllarining 65 foizi, ichimlik suvi tarmoqlarining 63 foizi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani birinchi navbatda masʼul vazirlik va idoralar uchun izoh talab qilinadigan savollardir.

Qayd etish oʻrinliki, Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan dasturlar oʻz vaqtida, toʻliq ijro etilganida holat mutlaqo boshqacha boʻlishi mumkin edi.

Masalan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Parkent, Toshkent tumanlari va Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish boʻyicha 2018 yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan 287 ta tadbir asosan vazirlik va idoralarning sustkashligi oqibatida ijro etilmagan.

Albatta, viloyat hokimining hisobotini eshitish jara- yonida bu kabi masalalar batafsil muhokama qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?