Toshkent viloyatida YTH natijasida ona va uning 5 oylik farzandi vafot etdi

14:53 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
256 0

Toshkent viloyatida 2020 yilning 17 sentyabr kuni soat 20:30 da haydovchi, 35 yoshli X.T., “Hyundai porter” rusumli avtomashinani boshqarib, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-Osh» avtomobil yo‘lining 153-kilometrida Angren shahri yo‘nalishidan Toshkent shahri yo‘nalishiga qarab harakatlanib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga qayrilish uchun (ruxsat etilgan joyda) to‘xtab turgan haydovchi 49 yoshli B.U., ning boshqaruvidagi «T-28» rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Natijada “Hyundai porter” avtomashinasining yo‘lovchilari ya’ni haydovchi X.T.,ning turmush o‘rtog‘i 32 yoshli S.T., (ayol) tan jarohatlari olib hodisa joyida hamda voyaga yetmagan 5 oylik qizi B.B., Oxangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, X.T., va uning o‘g‘illari 12 yoshli B.B., 10 yoshli U.B. va 7 yoshli X.B.,lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?