Toshkent viloyatida ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi

14:05 21 Yanvar 2019 Jamiyat
412 0

Davlatimiz rahbari tomonidan oʻtgan yil 26 dekabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi.

Eʼtiborlisi, bu borada Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ham qator ishlar olib borilmoqda. Binobarin, ushbu viloyatda ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish boshlandi.

O'tgan hafta oxirida Toshkent viloyatilik 64 nafar hamyurtimizga birinchilardan boʻlib xorijga chiqish biometrik pasporti jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

— Shular qatorida yurtdoshlarimizga xorijga chiqish biometrik pasporti va uning afzalliklari haqida batafsil maʼlumotlar ham berilmoqda, — deydi Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi Nurjov Meliqulov. — Ayni chogʻda hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarda bu borada tugʻilayotgan savol va masalalarga tezkorlik bilan hamda sifatli javob qaytarish ustuvor vazifamizga aylangan. Bu yoʻnalishga eng malakali mutaxassislarimiz jalb etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?