Toshkent viloyatida gʻalladan moʻl hosil yetishtirildi

20:01 03 Iyul 2020 Iqtisodiyot
460 0

Toshkent viloyatidagi 2 ming 697 ta fermer xoʻjaliklarining 116 ming gektardan oshiqroq suvli maydonlarda amalga oshirgan agrotexnik tadbirlari yuksak samara berdi. Davlat omborlariga 350 ming tonnadan ortiq sifatli don qabul qilinib, belgilangan shartnoma rejasi 103 foizga bajarildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmatining xabariga koʻra, mavsumga otryad usulida tashkil etilgan 365 ta oʻrim kombaynlari jalb qilindi. Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Yuqori Chirchiq, Piskent, Quyi Chirchiq, Toshkent tumanlari dehqon va fermer xoʻjaliklari jamoalari gʻalla oʻrim-yigʻimida ibratli mehnat qilishganligi qayd etilmoqda.

El-yurt dasturxonini nondek aziz neʼmat bilan toʻkin qilishga munosib hissa qoʻshayotgan barcha gʻallakorlar, mavjud klasterlar jamoalari dalalardagi hosilni oʻrib-yanchish jarayonini faol davom ettirishmoqda. Mavsum oxirigacha yalpi don ishlab chiqarish hajmini 853 ming 700 tonnaga yetkazish koʻzda tutilgan.

Shodiyor MUTAHAROV,
"Xalq soʻzi"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?