Toshkent viloyatida 15 800ta boʻsh ish oʻrni qolib ketayotgani tanqid qilindi

12:18 03 May 2019 Jamiyat
386 0

Bu galgi yalpi majlisda Toshkent viloyati hokimining hisobotini eshitish nazarda tutilgan.

Senat Raisi Mazkur masalani muhokamaga tayyorlash jarayonida joylardagi dolzarb ijtimoiy - iqtisodiy masalalarni kompleks hal etish boʻyicha qator vazirlik va markaziy idoralar tomonidan tegishli ishlar olib borilmayotganini taʼkidladi.

Deyarli barcha viloyatlar, xususan Toshkent viloyatiga ham xos boʻlgan yana bir muammo aholi bandligini taʼ-minlash bilan bevosita bogʻliqdir.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bu boradagi muammolarni kompleks hal etish boʻyicha taʼsirchan choralar yetarli darajada koʻrilmayotgani oqibatida viloyatda qariyb 15 800 ta ish oʻrni boʻsh turibdi.

Poytaxt bilan tutash boʻlgan hududda shuncha ish oʻrnining boʻsh turganini mutasaddilar qanday izohlaydi ?

Nahotki, ular yillar davomida ish izlab yurgan odamlarning ovozini eshitmayotgan boʻlsa ?” deyildi maʼruzada.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?