Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi ajratildi

11:55 02 Aprel 2018 Hujjatlar
647 0

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (VMQ-236, 26.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq:
Nurafshon shahri hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi tashkil etildi. 

Direksiya «Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi;

«Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish moliyalashtirish manbalari belgilandi; 

Toshkent viloyati hokimligiga Direksiya buyurtmasiga binoan bir oy muddatda, Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan «Konchi» massivi hududida — 113 gektar va «Yangi turmush» massivi hududida — 133,2 gektar yer uchastkasi ajratish vazifasi yuklandi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Nurafshon shahrining telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy optik-tolali tarmoqlarni o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?