Toshkent viloyati ikkiga boʻlinishi mumkin

10:24 03 Iyun 2019 Siyosat
678 0

Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, yigʻilishda Prezident Toshkent viloyati ikkiga boʻlinishi mumkinligi haqida gapirgan.

Yigʻilish tanqidiy ruhda boshlangan. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini alohida taʼkidlagan.

“Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik”, deya Prezidentning soʻzlarini keltirgan viloyat hokimligi.

Yigʻilishda Navoiy viloyati 100 foiz klasterga oʻtgani misol qilib keltirilib, Toshkent viloyatda qishloq xoʻjaligi juda tang ahvoldaligi qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?