Toshkent viloyati byudjetiga 11 oy davomida 5 trln 382 mlrd soʻm tushum qilindi

21:10 07 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
216 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati byudjetiga joriy yilning 11 oy davomida 5 trln. 382 mlrd.soʻm tushum qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 26 yilligiga bagʻishlangan tadbirida aytib oʻtildi.

Bunda soliq solish bazasini kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushurish, faoliyatini toʻxtatgan korxonalarga koʻmaklashish natijasida oʻz faoliyatini qayta tiklash va soliq qarzlarini soliq idoralari tomonidan sudgacha boʻlgan jarayonda undirib olinishi boʻyicha olib borilgan ishlar muhim omil boʻldi. Pirovardida, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 848 mlrd. soʻmga koʻpaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?