Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi

17:13 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
326 0

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

"Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi diniy sohada koʻp yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, fidoiy inson Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi.

Rahmatli Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida taʼlim olgan, mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyatidagi “Chetsuv”, “Qorabogʻ”, “Zangiota” jome masjidlari imom-xatibi, Angren shahri bosh imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vazifalarida fidokorona xizmat qildi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?