Toshkent va Jizzax viloyatlarining sobiq hokimlari yana hokimlikka tayinlanishdi

00:07 05 Aprel 2018 Jamiyat
1064 0

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida viloyatning Jizzax shahar, Baxmal, Do’stlik, Paxtakor, Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyalari o’tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko’rib chiqildi.

Jumladan, Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmonqulov Akrom Baxritdinovich o’rniga Shukurov Akbar Safarovich, Baxmal tuman hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Safarov Bahriddin O’rolovich o’rniga Anarbaev Musa To’raevich, Do’stlik tuman hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Qarshiboev Ibrohim Boltaboevich o’rniga Uzakov Ulug’bek Yuldashevich (Jizzax viloyatining sobiq hokimi. Izoh:xs.uz ), Paxtakor tuman hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Kushboqov Narzulla G’aybullaevich o’rniga Boboev Shukurullo Habibullaevich (Toshkent viloyatining sobiq hokimi. Izoh:xs.uz ), Zarbdor tuman hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Anqaev Sanaqul Jo’raqulovich o’rniga Kushboqov Narzulla G’aybullaevich, Zafarobod tuman hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Sayidov Ziyadin Hamidovich o’rniga Do’stlik tuman hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Qarshiboev Ibrohim Boltaboevich viloyat hokimi qaroriga asosan hokim etib tayinlandilar.

Shuningdek, Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o’tkazilgan yig’ilishda hokim o’rinbosarlari tarkibiga ham o’zgartirishlar kiritildi.

Xususan, viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari bo’lib ishlab kelayotgan Xudayberdiev Alisher Tursunpo’latovich o’rniga Mamatqulov G’anisher Abdukarimovich, viloyat hokimini o’rinbosari, xotin qizlar qo’mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan To’raeva Gulnora Mamadalievna o’rniga Muxtorova Nazira Abdusattorovna, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jo’raev Shuhrat Xo’jamberdievich o’rniga Raxmonqulov Akrom Baxritdinovich viloyat hokimi o’rinbosari etib tayinlandilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?