Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi kafedra ochildi

14:50 17 Aprel 2018 Jamiyat
1056 0

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ipakchilik kafedrasi tashkil etildi.

Shu munosabat o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida pillachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish hamda yangilash vazifalari belgilab berilgan edi. 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan mazkur hujjatning izchil ijrosini ta’minlash, ipakchilik sohasini rivojlantirishda sifat menejmentining zamonaviy usullarini qo‘llash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, Toshkent davlat agrar universiteti, uning Nukus va Termiz shaharlaridagi filiallari, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali, Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutlari bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

Uyushma ko‘magida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ipakchilik kafedrasi tashkil etilishi esa soha uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirgan raqobatdosh kadrlar tayyorlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. 

Said RAHMONOV. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?