“Toshkent-Termiz” yoʻlida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi

13:05 12 Iyul 2020 Jamiyat
294 0

Jizzaxda xalqaro ahamiyatga ega “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yoʻlining 953 hamda 948 km.ga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur shovqin chiqaruvchi chiziqlar nimasi bilan ahamiyatli, qanday vazifani bajaradi degan savollar tugʻilishi tabiiy. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, transport vositasi ushbu chiziqdan oʻtayotganda shinalarning ishqalanishi natijasida chiqayotgan ovoz haydovchining hushyorligini oshiradi.

Bu esa uzoq masofaga harakatlanayotgan haydovchilarning rulda uxlab qolishlarining oldini olish va ularni sergak holda harakatlanishiga, turli noxush yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?