Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnov yoʻlga qoʻyildi (Fotoreportaj)

10:59 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
365 0
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi online”.

Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi online”. 2018 yil 7 sentyabrdan boshlab Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdining muntazam qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Shu munosabat bilan bugun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun ushbu zamonaviy poyezdda media tur tashkil qilindi.

Qashqadaryo viloyatiga ketayotgan fuqarolar, xorijlik mehmonlar Toshkent Markaziy vokzalidan tezyurar poyezdida yoʻlga chiqdi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi online”.

Umumiy uzunligi 124 km.dan iborat boʻlgan ushbu loyiha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tajribali mutaxassislari tomonidan qisqa muddatda sifatli qilib amalga oshirildi. Qarshidan Shahrisabzgacha boʻlgan masofada 3 vokzal qurilib, bir nechta stansiya tubdan taʼmirlandi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda yangi koʻpriklar, sunʼiy inshootlar bunyod tildi. Bunday bunyodkorlik ishlariga 100 ga yaqin zamonaviy texnika va 300 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilindi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi online”.

Eʼtiborli jihati shundaki, loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 kilometr masofada elektrlashtirish bilan bogʻliq barcha ishlar soha mutaxassislarining istiqlol yillarida toʻplagan tajribasi tufayli oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi online”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?